Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 59–63-betlar

QUYONLARNING JINSIY DIMORFIZMGA BOG‘LIQ GEMATOLOGIK KO‘RSATKICHLARI

Kutlimuratov, Maman, Seytnazarov, Sulayman

DOI: 10.5281/zenodo.21672098 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada kalifornia zotli quyonlarning 45, 60 va 90 kunlik postnatal ontogenez davrida jinsiy dimorfizmga bog‘liq gematologik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Eritrotsitlar, leykotsitlar, gemoglobin va gematokrit ko‘rsatkichlarining yosh va jinsga bog‘liq o‘zgarishlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari yosh ortishi bilan eritrotsitlar, gemoglobin va gematokrit miqdori oshishini, leykotsitlar esa yoshga xos o‘zgarishini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar quyonlarning fiziologik holatini baholash va veterinariya amaliyotida foydalanish uchun ahamiyatlidir.

kalifornia zotli quyon, jinsiy dimorfizm, postnatal ontogenez, gematologik ko‘rsatkichlar, eritrotsit, leykotsit, gemoglobin, gematokrit.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.