Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 76–80-betlar

MEVALI DARAXTLARNING BARGIDA NIKEL (NI) VA QO‘RG‘OSHIN (PB) ELEMENTLARINING BIOAKKUMULYATSIYASI

Jo‘rayev, Oxunjon, Karimov, Xusniddin

DOI: 10.5281/zenodo.21737422 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada vegetatsiya tajribasi asosida 50 kg tuproq solingan tuvaklarda yetishtirilgan olma, o‘rik va shaftoli barglarida Pb va Ni elementlarining bioakkumulyatsiyasi aniqlangan. Tuproqni Ni bilan ruhsat etilgan me’yor (REM)dan 5 barobar yuqori miqdorda ifloslaganda olma bargida Ni to‘planishi 1,11→1,06→0,82 mg/kg miqdorda eng yuqori bo‘lib, REM chegarasidan 2 barobar oshdi. Pb elementining bioakkumulyatsiyasi shaftoli bargida 2,98→2,72→2,00 mg/kg yoki REMga nisbatan 7,44→6,80→5,00 marta yuqori bo‘lishi aniqlangan.

mevali daraxt, olma, o‘rik, shaftoli, barg, Pb, Ni, bioakkumulyatsiya, og‘ir metall.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.