Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 11-son (2026) · 85–87-betlar

QULOQNING TUG’MA ANOMALIYALARINI DIAGNOSTIKA QILISH VA DAVOLASHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

Isamov, Aziz, Jafarov, M.M.

DOI: 10.5281/zenodo.21837582 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Quloqning tug’ma anomaliyalari bolalarda uchraydigan eshitish buzilishlarining asosiy sabablaridan biri bo‘lib, ularni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolash nutq rivojlanishi, psixomotor taraqqiyot hamda ijtimoiy moslashuv uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining quloq tug’ma anomaliyalarini diagnostika qilish, jarrohlik amaliyotini rejalashtirish va davolash natijalarini prognozlashdagi imkoniyatlari tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, chuqur o‘rganish (Deep Learning) algoritmlari chakka suyagining yuqori aniqlikdagi multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) tasvirlari hamda audiologik tekshiruv natijalarini avtomatik tahlil qilish orqali diagnostika aniqligini oshirish va klinik qaror qabul qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘rganish, mikrotiya, anotiya, tashqi eshituv yo‘li atreziyasi, chakka suyagi, multispiral kompyuter tomografiyasi, audiologik tekshiruvlar, rekonstruktiv jarrohlik, otorinolaringologiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.