Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar 5-jild 12-son (2026) · 6–7-betlar
MIOKARD INFARKTINING O‘TKIR BOSQICHIDA NATRIY–GLYUKOZA TRANSPORTYORI 2-TURI (SGLT2) INGIBITORLARINING KLINIK SAMARADORLIGI
Martavaliyeva, Husnora, Raimjanov, Abdulaziz
DOI: 10.5281/zenodo.21887130 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
O‘tkir miokard infarkti (O‘MI) dunyo bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklari orasida o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy reperfuziya usullari va medikamentoz davolashga qaramay, infarktdan keyingi yurak yetishmovchiligi, chap qorincha remodelatsiyasi hamda takroriy yurak-qon tomir asoratlari bemorlar prognozini yomonlashtirmoqda. So‘nggi yillarda natriy–glyukoza kotransportyori 2-turi (SGLT2) ingibitorlari yurak-qon tomir tizimiga ko‘rsatadigan kardioprotektiv ta'siri tufayli alohida ilmiy qiziqish uyg‘otmoqda. Ushbu preparatlarning o‘tkir miokard infarkti bilan kasallangan bemorlarda erta qo‘llanishi yurak funksiyasini saqlab qolish va yurak yetishmovchiligi rivojlanishining oldini olishdagi o‘rni hozirgi kunda dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.