Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 41–49-betlar

MUSSOLINI BOSHQARUVI DAVRIDA ITALIYA (1922–1939 YILLAR)

Shomansurova, Z. S., Toshtemirov, X.

DOI: 10.5281/zenodo.19758051 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur ishda Benito Mussolini hukmronligi davrida Italiyada shakllangan ijtimoiy nazorat tizimi va uning jamiyat hayotiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda fashistik tuzumning mafkuraviy asoslari, davlat tomonidan ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi hamda madaniy hayot ustidan olib borilgan qat’iy nazorat mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, ishda siyosiy repressiyalar, senzura, maxsus xizmat organlarining faoliyati va aholining kundalik turmush tarziga davlat aralashuvining darajasi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy nazoratning asosiy maqsadi sifatida jamiyatni yagona mafkura asosida birlashtirish, muxolifatni bostirish va totalitar tuzumni mustahkamlash jarayonlari tahlil etiladi. Mussolini davridagi ijtimoiy nazorat tizimi qisqa muddatda siyosiy barqarorlikni ta’minlagan bo‘lsa-da, uzoq muddatda shaxs erkinliklarining cheklanishi, jamiyatda qo‘rquv muhitining shakllanishi va ijtimoiy rivojlanishning sekinlashuviga olib kelganligi xulosa qilinadi.

Benito Mussolini, fashizm, ijtimoiy nazorat, totalitarizm, senzura, propaganda, OVRA, yoshlar tashkilotlari, Balilla, GIL, korporativ davlat, repressiya, mafkura, davlat nazorati, ommaviy madaniyat, ta’lim tizimi, siyosiy qatag‘on, Italiya, Duche.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.