Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 50–53-betlar
ITALIYADA FASHISTIK TUZUMNING VUJUDGA KELISHI
Shomansurova, Z. S., Gapparov, A.Sh.
DOI: 10.5281/zenodo.19758066 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Birinchi jahon urushidan keyin Italiyada yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz, ishsizlik, inflyatsiya va siyosiy beqarorlik jamiyatda norozilik kayfiyatini kuchaytirdi. Aynan shunday sharoitda Benito Mussolini boshchiligidagi fashistlar harakati kuchayib bordi. Ular tartib, kuchli davlat va milliy birlik gʻoyalarini ilgari surib, keng xalq ommasini oʻziga jalb qila oldi.1922-yilda “Rimga yurish” natijasida fashistlar hokimiyatni egallab, totalitar tuzumni shakllantirdi. Fashistik rejim siyosiy muxolifatni bostirish, matbuotni nazorat qilish va yagona partiyaviy tizimni oʻrnatish orqali mustahkamlandi. Annotatsiyada, shuningdek, fashizmning ideologik asoslari, uning jamiyat hayotiga taʼsiri va Italiya tarixidagi oʻrni yoritiladi.
Italiya fashizmi, Birinchi jahon urushi, Antanta, Vittoria Mutilatа, inflatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.