Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 98–100-betlar

SANOQ SISTEMALARI TUSHUNCHASI

Xoʻjanazarova, Sarvinoz

DOI: 10.5281/zenodo.19810195 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada sanoq sistemalari tushunchasi, ularning kelib chiqishi, turlari hamda zamonaviy fan va texnologiyalardagi o‘rni batafsil yoritilgan. Sanoq sistemalari sonlarni ifodalash, yozish va hisoblashda qo‘llaniladigan belgilar hamda qoidalar tizimi bo‘lib, ular insoniyatning matematik tafakkuri rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Maqolada pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinib, ularning amaliy qo‘llanilish sohalari ko‘rsatib berilgan. Xususan, o‘nlik sanoq sistemasi kundalik hayotda, ikkilik sistema esa kompyuter texnologiyalarida asosiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalarining dasturlash va raqamli tizimlarda qo‘llanilishi haqida ham ma’lumot berilgan. Ushbu mavzu nafaqat matematik bilimlarni chuqurlashtirishga, balki axborot texnologiyalarining ishlash tamoyillarini tushunishga ham xizmat qiladi.

Sanoq sistemasi, pozitsion sistema, nopozitsion sistema, o‘nlik sistema, ikkilik sistema, sakkizlik sistema, o‘n oltilik sistema, raqamlar, matematika, kompyuter, axborot texnologiyalari, kodlash, raqamli tizim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.