Наука и инновации 1-jild vation-son (2023) · 50–52-betlar

TABIATNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISHNING UMUMIY MASALALARI

Karamatova, Dilfuza

DOI: 10.5281/zenodo.8201803 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Atrof muhitni muhofaza qilish inson yashash faoliyatini ta'minlashga qaratilgan qator davlat va jamiyat tadbirlaridan iborat bo`lib, tabiat, inson va jamiyat o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik muammosi abadiy muammolardan biri hisoblanadi. Insoniyatni qurshab turgan tabiatni, haqiqatdan ham, onaga taqqoslash mumkin. Chunki u butun tirik mavjudotlarni hayotbaxsh nafasi bilan ta'minlab turadi, to`ydiradi, kiyintiradi va, albatta, ardoqlaydi. Ulug` ustoz M. Prishvin ham «Tabiatni qo`riqlash Vatanni qo`riqlash dеmakdir» dеb aytgan edi. Insonning ma'naviy, iqtisodiy, jismoniy, lozim bo`lsa, aqliy hayoti bеvosita tabiat musaffoligi bilan chambarchas bog`liq. Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson tabiatga turlicha ta'sir ko`rsatgan, natijada insonning atrof muhitga bo`lgan munosabati ham shunga mos ravishda o`zgarib borgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.