Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 5-jild 2-son (2025) · 91–99-betlar

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FARMATSEVTIKA BOZORIDA BUYRAK-TOSH KASALLIKLARIDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARINING ASSORTIMENT TAXLILI

Firuza, Maksudova, O'g'iloy, Javliyeva, Gulnora, Raximova, Oygul, Raximova

DOI: 10.5281/zenodo.14959461 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Nefrolitiaz – buyrak va siydik yo‘llarida tosh hosil bo‘lishi bilan kechuvchi kasallik. Tadqiqotda mamlakatimizda buyrak-tosh kasalligiga qarshi dori vositalarining tarkibi, miqdori, shakli va narxi tahlil qilindi. So‘nggi to‘rt yilda buyrak-tosh kasalligiga qarshi dorilar tahlil qilinganda, asosan oksalat va urat toshlariga qarshi vositalar ko‘proq qo‘llangani aniqlandi. Xorijiy dorilar ulushi 58,34% dan 42,85% gacha kamaydi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi 25% dan 28,57% gacha, MDH davlatlarinik esa 16,67% dan 28,57% gacha oshdi. Biroq, umumiy miqdor jihatdan sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Eng ko‘p ishlatiladigan dori shakllari tabletka va kapsulalar (33,3%) bo‘lib, ularning barchasi xorijiy yoki MDH davlatlarida ishlab chiqarilgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida ushbu dori shakllari mavjud emas. Shuningdek, kukun, granula, sirop va inyeksion eritmalar (8,33%) ham qo‘llaniladi. Import qilingan dorilarning tannarxi yuqori ekani qayd etildi. Tadqiqotning maqsadi – samarali tabletka shaklidagi dori ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganish va farmatsevtika sohasidagi mavjud bo‘shliqni bartaraf etishdir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.