Наука и инновации 1-jild vation-son (2023) · 133–135-betlar

O‘SMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Qiyomxo‘jaeva, Madina

DOI: 10.70413/si-v01-i30-p1-035 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘smir shaxsning taraqqiyotida eng muhim holatlardan biri unda o‘z -o‘zini anglashning tarkib topishdan, o‘zini shaxs sifatida anglash ehtiyojining tarkib topishidan iboratdir. Kichik yoshdagi davrda o‘ziga baho berish istagi bo‘lmaydi: “Men qanday odamman?” Men qanday foyda keltirishim mumkin? Mening qanday yaxshi tomonim bor? Mening qanday kamchiliklarim bor? O‘smirlarda bo‘lsa, o‘z-o‘ziga  nisbatan, o‘zining ichki ruhiy hayotiga, o‘z shaxsining sifatlariga qiziqish yuzaga keladi. O‘zini boshqa kishilar bilan taqqoslash, o‘ziga baho berish ehtiyoji paydo bo‘ldi. O‘smir o‘ziga nazar solib qaray boshlaydi. O‘zi uchun qandaydir tarzda “Men”ini ochadi, o‘z shaxsining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilshga intiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.