Наука и инновации 1-jild vation-son (2023) · 101–103-betlar
“BIR MAKON, BIR YO‘L” LOYIHASINING MARKAZIY OSIYOGA MANFAATLI VA SALBIY TA’SIRI
Zokirova, Sayyora, Ergasheva, Zulfizar
DOI: 10.70413/si-v01-i31-p1-029 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
BRI, ya’ni Belt and Road Initiative, ingliz tilidan tarjima qilganda Kamar va Yo‘l loyihasi, ko‘pincha One Belt One Road ( Bir makon, bir yo‘l loyihasi ) deb ataladi. Loyiha Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, Osiyo davlatlarini Afrika va Yevropa davlatlari bilan bog‘laydigan, a’zo davlatlar iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy birdamligini qo‘llab-quvvatlaydigan loyiha hisoblanadi. Loyihani tashkil qilish g‘oyasi birinchi marotaba 2013-yilda Xitoy Prezidenti Xi Jinping tomonidan Qozog‘istonga qilgan tashrifi davomida taklif qilingan. Osiyo davlatlari “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining muhim va ajralmas qismi sifatida qaraladi. Loyihaga Xi Jinping 2000 yil avval Xitoyda Xan sulolasi tomonidan qurilgan, bir necha asrlar mobaynida Xitoyni Yevroosiyo orqali O‘rtayer hududlari bilan bog‘lagan asosiy savdo yo‘li—Buyuk Ipak yo‘li g‘oyasidan ilhomlanib asos solgan. 2020-yil mart oyidan buyon BRI loyihasiga 138 ta davlat a’zo bo‘lgan. Xitoy BRI loyihasini Osiyo qit’asida o‘z o‘rni va chegaralarini saqlab qolish sifatida juda muhim omil deb biladi. Loyiha yordamida Osiyo hududidagi 15ta davlat bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatilgan. Ushbu maqolada “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining Markaziy Osiyoga, xususan O‘zbekistonga keltiradigan ijobiy va salbiy taraflari hamda turli davlatlarda amalga oshirgan ba’zi loyihalari yoritiladi.
Buyuk Ipak yo‘li, infrastruktura, iqtisodiy o‘sish, okean yo‘li, quruqlik yo‘li, investitsiya, integratsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.