Наука и инновации 1-jild vation-son (2023) · 53–56-betlar
MOBIL ILOVALAR YARATISHDA MA’LUMOTLAR BAZASIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI
Hakimova, Feruzaxon
DOI: 10.70413/si-v01-i06-ps-014 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan, yangi texnologiyalar asosida ishlaydigan qurilmalar yaratilishi bilan birgalikda ularga yoziladigan dasturiy mahsulotlarga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Shu jumladan, Android smartfonlariga va tablet kompyuterlarga yoziladigan dasturlar bunga misol bo‘laoladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda android smartfonlariga ko‘plab dasturiy mahsulotlar yaratilib kelinmoqda. Bunga misol qilib o‘zbek yoshlarining ushbu sohada egallab kelayotgan yutuqlarini keltirishimiz mumkin. Barchamizga ma’lumki, android operatsion tizimi yaratilishida Linux operatsion tizimining afzallik tomonlaridan eskizlar olingan, ya’ni xavfsizlik, moslashuvchanlik va h.k larni aytib o‘tishimiz mumkin. Statistikaga asosan, 2013 yilga kelib Android operatsion tizimida, iOS va Mac OS tizimlaridan ancha ilgarilab ketdi. Shu yilning o‘zida Android smartfonlarining jahon bozorida tashkil etgan qismi 81.3 foizga yetdi .
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.