Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 5-jild 6-son (2025) · 18–30-betlar

GLIKOKAR FITOKOMPOZITSIYASINING SURUNKALI ZAHARLILIK TA'SIRI

N.B., Shonazarova, T., Fayzieva, Z., G.A., Alimdjanova

DOI: 10.5281/zenodo.15704900 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda “Glikokar” fitokompozitsiyasining surunkali zaharliligi o‘rganildi. "Glikokar" yig‘masi 3 oy davomida har kuni og'iz orqali  50 mg / kg, 150 mg / kg va 300 mg / kg  bir martalik dozalarda qo'llanilgan. Tadqiqot davomida hayvonlarning tana vazni aniqlandi va klinik qon tekshiruvi o'tkazildi. Otopsiya davomida oshqozon, jigar, buyraklar va meda osti bezining massa koeffitsientlari aniqlandi, ichki organlarning patomorfologik tekshiruvi o'tkazildi. Glikokarni  50, 150 va 300 mg/kg dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda qon zardobi, biokimyoviy ko‘rsatkichlarda farq deyarli yoq edi, natijalar 30- va 90- kunlarda norma atrofida ekanligi tasdiqlandi. glikokar fitokompozitsiyasi 50 va 150 mg/kg dozada yuborilganda ichki a’zolarda patomorfologik o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydi, 300 mg/kg dozada yuborilganda esa yuzaki distrofik va gipertrofik o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.