Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 102–105-betlar

MASOFAVIY BANK XIZMATLARINING ZAMONAVIY TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDAGI ROLI VA O‘RNI

Tursunov, Faridun

DOI: 10.70413/si-v02-i01-p1-026 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbekiston Respublikasida masofaviy bank tizimlarining dolzarbligi masofaviy bank xizmatlarining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq. Masofaviy bank tizimlarini o‘rganishning asosiy mezoni elektron bank xizmatlarini yanada rivojlantirish muammolari va istiqbollarini o‘rganish hisoblanadi. Zamonaviy dunyoda iqtisodiyotning evolyutsiyasini mamlakat pul aylanmasining tezlashtiruvchisi bo‘lgan innovatsion bank texnologiyalaridan samarali foydalanmasdan amalga oshirish mumkin emas.  Yangi texnologiyalarning joriy etilishi, aloqa vositalarining rivojlanishi bankning turli hududdagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishi, shuningdek, qog‘ozbozlikni qisqartirish imkonini beradi. Bank tizimining rivojlanishi bir qancha sabablarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida birinchi navbatda yangi axborot texnologiyalari joriy etilishi bilan iste’molchi turmush tarzining o‘zgarishi hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.