Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 58–61-betlar
QORIN YOPIQ SHIKASTLARIDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVINING ROLI VA O‘RNI
Umarkulov, Zabur, Boʻriboyev, Alimardon, Eshmuminov, Bahrombek
DOI: 10.70413/si-v02-i18-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Qorin bo‘shlig'i shikastlanishlari diagnostikasi tez va aniq bo‘lishi kerak, chunki vaqt omili hal qiluvchi aҳamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Erta tashxis qo‘yish va davolash o‘limni 50% gacha kamaytirishi mumkin [12; 20-b.]. Xatolar yoki kechiktirilgan tashxis jabrlanuvchining qon ketish yoki sepsisdan o‘limiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, jarroҳlik yo‘li bilan davolashga qaratilgan agressor taktika ko‘plab beҳuda laparotomiyalarga olib keladi, uning ulushi turli klinikalarda 1,7 dan 38% gacha bo‘lib, bu o‘z navbatida asoratlar ko‘payishi, kasalxonada yotish davomiyligini uzayishi va davolanish xarajatlarini oshishiga olib keladi [29; 15-b.]. Bugungi kunda nurli diagnostika usullari qorin shikastlanlanishlarini tashxislashda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.