Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 8–10-betlar
YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA MUSTAQIL ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Xoshimova, Sevara
DOI: 10.70413/si-v02-i02-p1-003 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Respublikamizning ta’lim muassasalarida so‘nggi yillarda o‘quvchi-yoshlarning voqelikka nisbatan ongli munosabati, dahldorlik hissi va ijtimoiy faolligini yanada rivojlantirish, erkin va mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi ta’lim muhitini yaratishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda, ta’lim mazmunini xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq yangilash borasida samarali yondashuvlar joriy etilmoqda. Bugungi kun zamonaviy ta’limi o‘quvchi-yoshlarga faqat bilim berish, ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan bilimlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilarning bilimini chuqurlashtirish va kengaytirish, ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish, ularning tushunish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularga mustaqil bilimlarni qidirib topish, o‘zlashtirish shakllari, usullari va vositalarini o‘rgatishdan iborat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.