Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 41–44-betlar

MUALLIF DISKURSIV SHAXSINING SARLAVHA VA EPIGRAF VOSITASIDA NAMOYON BO‘LISHI

Abdulloyeva, Kamola

DOI: 10.70413/si-v02-i21-p1-011 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Badiiy matnni kognitiv tahlil etish alohida e’tiborni talab qilib, asarning eng muhim detallari sanaluvchi sarlavha va epigraf tadqiqi eng muhim jihatlaridan biri sanaladi. Zero, muallif diskursiv shaxsi aynan sarlavha hamda epigraf vositasida nafaqat o‘zining individual dunyo manzarasi va qarashlarini namoyon etishi, balki vaziyatga munosabatini ham aks ettirishi mumkin. Shuningdek, sarlavha va epigraf badiiy matn mazmuni xususida ilk tasavvur hosil qilishda ham ahamiyatli sanalib, e’tiborni tortish va mushohadaga chorlash kabi o‘ziga xosliklarga ega hisoblanadi. Quyida keltirilgan badiiy matnlar tahlili ushbu xususiyatlarni ochib berishga xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.