Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 59–61-betlar
REKLAMANING PAYDO BO‘LISH TARIXI
Nurmahmudova, Dilrabo
DOI: 10.70413/si-v02-i26-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Reklama zamonaviylik sohasi emas. Uning tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Atamaning o‘zi lotinchadagi “clamo” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, baqirish, chaqirish degan ma’noni bildiradi. Videoreklama paydo bo‘lishigacha juda ko‘p asrlar o‘tgan: hammasi ovozini boricha baqirishdan boshlangan bo‘lib, keyinchalik rasm, matbuotda reklama e’lonlari filmlar, reklama aktsiyalari va boshqa tadbirlar paydo bo‘lgan. Reklama bizning eramizdan ancha oldin paydo bo'la boshlagan. Vizual reklama paydo bo'lishining prototipi qadimgi bezaklar, bo'yoqlar bilan bo'yalgan chizmalar, shuningdek, yer osti g'orlarining devorlari va shiftini qoplagan toshga o'yilgan tasvirlar - g'or rasmlari edi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.