Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 7–11-betlar

IMOM ZAMAXSHARIYNING ARAB TILI RIVOJIGA QO‘SHGAN XISSASI

To’xtayev, A.Sh.

DOI: 10.70413/si-v02-i27-p1-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda Imom Zamaxshariyning arab tili rivojiga qo‘shgan hissasi keng qamrovli tahlil qilinadi. Imom Zamaxshariy (1074-1144) — arab tilining eng muhim grammatiklari va mutafakkirlaridan biri bo‘lib, uning asarlari nafaqat tilshunoslik, balki adabiyot va ilohiyot sohalarida ham o‘z o‘rniga ega. Zamaxshariy o‘z asarlarida arab tili grammatikasining asosiy jihatlari, leksik birliklar, so‘z birikmalari va sintaktik tuzilmalarni kengaytirilgan holda bayon etadi. Tezisda, birinchi navbatda, Zamaxshariyning "Al-Kitab al-Mufassal" asari orqali arab tilining grammatik strukturalari va uning asosiy qoidalari ko‘rib chiqiladi. Bu asar, arab tilini o‘rganish uchun fundamental manba bo‘lib xizmat qiladi va o‘z ichiga ko‘plab misollarni oladi. Zamaxshariy o‘z asarida nafaqat grammatik jihatlarni, balki arab tilining leksik va semantik xususiyatlarini ham tahlil qiladi, bu esa uni tilshunoslar uchun qimmatli manba sifatida ajratib turadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.