Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 5-jild 11-son (2025) · 254–262-betlar

HOMILADORLIKNING UCHINCHI TRIMESTRIDA COVID-19 INFEKSIYASINING KLINIK, GORMONAL VA PERINATAL OQIBATLARI: RETROSPEKTIV TAHLIL

G.F., Rajapova

DOI: 10.5281/zenodo.17749408 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu retrospektiv tadqiqot homiladorlikning uchinchi trimestrida COVID-19 infeksiyasining klinik kechishi, steroid gormonlar darajasiga taʻsiri va perinatal natijalar bilan bogʻliqligini baholashga qaratilgan. Tadqiqotga jami 100 nafar homilador ayol jalb qilinib, ularning 100 nafari SARS-CoV-2 bilan kasallangan asosiy guruhni tashkil etdi. Natijalar COVID-19ning uchinchi trimestrda hatto yengil shaklda kechishi ham akusherlik xavflarni oshirishi, ogʻir kechish esa estradiol va progesteron darajasining sezilarli pasayishi bilan kechishini koʻrsatdi. Akusherlik asoratlari — temir tanqisligi kamqonligi (37,5%), muddatidan oldin tugʻruq (27,5%) va kesarcha kesish amaliyoti (47,5%) — COVID-19 bilan bogʻliq xavflarning muhim klinik koʻrsatkichlari sifatida qayd etildi. Neonatal reanimatsiya ehtiyoji 7,5%ni tashkil etdi. Olingan maʻlumotlar COVID-19 infeksiyasi homiladorlikning kech bosqichida klinik va perinatal oqibatlar xavfini sezilarli darajada oshiruvchi omil ekanligini tasdiqlaydi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.