Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 80–82-betlar
SALJUQIYLAR DAVRIDA NIZOMIYA MADRASASI
Saydullayev, Nurillo
DOI: 10.5281/zenodo.13911826 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Saljuqiylar davlatida ilm-fan va madaniyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori boʻlgan. Nishopur, Isfaxon, Basra, Xirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod kilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bagʻdoddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur boʻlgan. Nizomulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida “Siyosatnoma” asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xayyom loyihasiga koʻra, Isfahonda rasatxona qurilgan. U Malikshoh topshirigʻiga koʻra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning shamsi taqvimini isloh etib, Yangi taqvim (“Malikshoh taqvimi yoxud Jalol erasi”) ni tuzgan (1079). Nizomiya Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy, Umar Xayyom fors she’riyatining soʻnmas durdonalarini yaratishgan. Muhamma Gʻazzoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Xamadoniy kabi islom ulamolari va sufiylar ijod qilishgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.