Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 116–119-betlar
BOSHLANG'ICH TA'LIM SHAROITIDA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGINING O'ZARO TA'SIRINI MODELLASHTIRISH
Mamatova, Zarena
DOI: 10.5281/zenodo.13912782 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Yosh avlodni yaxshi xulqli, vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo‘ladi: ta‘lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi; tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg‘unligi; hamkorlik jarayoni subyektlarini teng huquqliligi va yuksak mas‘uliyati; faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro‘li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, yosh onalar va otalar maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.