Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 29–31-betlar

SALBIY EKSPRESSIVLIK: HAQORAT, KAMSITISH VA SO'KISHNI HOSIL QILUVCHI LINGVISTIK BIRLIKLAR

Turg’unov, Shuxratjon

DOI: 10.5281/zenodo.13932728 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezis salbiy ekspressivlikning lingvistik tahlilini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ayniqsa haqorat, kamsitish va so‘kishning til birliklari orqali qanday hosil qilinishiga e’tibor qaratilgan. Haqorat va kamsitish so‘zlari ijtimoiy muloqotda keng qo‘llanilib, shaxslararo munosabatlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada salbiy ekspressivlikni hosil qiluvchi leksik, morfologik va pragmatik vositalar tahlil qilinadi va bu vositalarning muloqotdagi roli, shuningdek, ularning madaniy va ijtimoiy kontekstga qanday bog‘liqligi haqida ma’lumot beriladi. Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy tahlil qilinib, har ikki tilning salbiy ekspressivlikni ifodalashdagi umumiy va farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi.

salbiy ekspressivlik, haqorat, kamsitish, so‘kish, lingvistika, leksik birliklar, morfologiya, pragmatika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.