Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 34–37-betlar

PARALLEL MATNLAR KORPUSINI YARATISHNING AMALIY VA NAZARIY AHAMIYATI

Akramdjanova, Madina

DOI: 10.5281/zenodo.14049849 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Korpuslar, birinchi navbatda, lingvistik tadqiqotlar uchun ma’lumotlar bazasidir. Tilning mavqeini oshirish, ijtimoiy funksiyalarini kengaytirish, kommunikatsiyadagi o‘rnini belgilash, axborot asri talablariga muvofiq ravishda takomillashtirishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi texnik imkoniyatlardan foydalangan holda milliy tillarning umumiy ma’lumotlar bazasini yaratish, shu asosda tilning  semantik imkoniyatlarini, mazmun ifodalash ko‘lamini belgilash global taraqqiyotning dolzarb masalalaridan biridir. Har bir tilda yaratilgan matnlar korpusi, birinchi navbatda, shu tilning lug‘at boyligini aks ettirishga xizmat qiladi.  Grammatik va uslubiy   xususiyatlarini aks ettiradi. Jumladan, Parallel matnlar korpusi tarjima qilinayotgan tillar o‘rtasidagi lakunar hamda realiya birliklarni to‘liq ifodalash imkonini beradi. Ushbu maqolada parallel matnlar korpusining ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Korpus, korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi, parallel matnlar korpusi, chog‘ishtirma aspekt, badiiy asar bo‘yicha parallel matnlar korpusi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.