Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 52–54-betlar
ARTERIAL HIPERTENZIYADA NEFROPATIYA RIVOJLANISHINING METABOLIK ASPEKTLARI: XAVF OMILLARI VA PROFILAKTIKA
Sultanov, Safronbek, Jabbarov, Ozimbay
DOI: 10.5281/zenodo.14050207 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Arterial gipertenziya (AG) — bu qonda bosimning doimiy yuqori bo‘lib qolishi bilan tavsiflanadigan keng tarqalgan va jiddiy kasallik bo‘lib, u nafaqat yurak-tomir tizimiga, balki nafas olish, asab va buyrak faoliyatiga ham sezilarli darajada salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Qon bosimining yuqori bo‘lib qolishi, uzoq muddat davomida turli organlarga, jumladan, buyraklarga jiddiy zarar yetkazishi bilan bog‘liq. Ayniqsa, gipertenziya tufayli buyraklar faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladigan nefropatiya ko‘plab bemorlar hayot sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va kasallikning og‘irlashishiga olib keladi. AG tufayli rivojlanadigan buyrak zararlanishi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib kelib, aholi o‘rtasida o‘lim va nogironlik darajasini oshiradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.