Наука и инновации 2-jild vation-son (2024) · 26–31-betlar

NEONATAL PNEVMONIYA DIAGNOSTIKASI: GESTATSION YOSHNING AHAMIYATI VA KLINIK-ME’ZONIY YONDASHUVLAR

Bahriddinov, A.G., Abdumuxtarova, M.Z.

DOI: 10.70413/si-v02-i37-p1-006 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Neonatal pnevmoniya – yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan va jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 1 millionga yaqin yangi tug‘ilgan chaqaloq pnevmoniya sababli hayotdan ko‘z yumadi. Ushbu ko‘rsatkich neonatal o‘lim holatlarining 15-20% ini tashkil qiladi. Ayniqsa, homiladorlikning muddatiga bog‘liq holda (preterm, muddatida va muddatdan kech tug‘ilgan chaqaloqlar) kasallik rivojlanishining klinik ko‘rinishlari va diagnostik mezonlarida sezilarli farqlar kuzatiladi. O‘zbekistonda neonatal pnevmoniya muammosi dolzarb bo‘lib, statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda chaqaloqlar orasida o‘lim sabablarining 18% ini nafas olish tizimi kasalliklari tashkil qilgan. Shuningdek, gestatsion yoshga qarab ushbu patologiyaning diagnostikasida yondashuvlar turlicha bo‘lishi tufayli shifokorlar uchun o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yish zarurati ortmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.