Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 5-jild 12-son (2025) · 231–239-betlar

BOLALAR SEREBRAL FALAJIDA DIZARTRIYA NUTQ NUQSONLARIDA SENSO-MOTOR KORREKTSION ISHLARNING TEXNOLOGIYALARI

Nozliya, Pirimova

DOI: 10.5281/zenodo.18014843 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

ushbu maqolada bolalarda serebral falaj (SF) fonida kuzatiladigan dizartriya nutq nuqsonlarini korreksiya qilishda senso-motor texnologiyalarning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlari va amaliy samaradorligi kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida nutq motorikasining buzilishi bilan bog‘liq asosiy omillar, artikulyatsiya apparati faoliyatidagi cheklanishlar hamda ularning bolalarning kommunikativ rivojiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Eksperimental tadqiqot jarayonida senso-motor yondashuvlarga asoslangan korrektsion mashqlar tizimi ishlab chiqilib, ularning dizartriya bilan og‘rigan bolalar nutqining artikulyatsion aniqligi, fonatsion barqarorligi, nutq ritmi va umumiy motor koordinatsiyasiga ta’siri baholandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, senso-motor texnologiyalarni tizimli va bosqichma-bosqich qo‘llash artikulyatsiya mushaklarining funksional holatini yaxshilaydi, nutq harakatlarining muvofiqligini oshiradi hamda nutq motorikasining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.