Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 5-jild 12-son (2025) · 5–12-betlar
BOLALARDA O'T YO'LLARI DISKINEZIYASINING KLINIK VA LABORATOR-INSTRUMENTAL O'ZGARISHLARI XUSUSIYATLARI
Shoxida, Ibodulloyeva
DOI: 10.5281/zenodo.18034952 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada bolalarda o‘t yo‘llari diskineziyasining klinik, laborator va instrumental o‘zgarishlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 3–16 yoshdagi 178 nafar bola tekshirilib, ularda klinik ko‘rik, laborator tahlillar, ultratovush va rentgenologik tekshiruv usullari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘t yo‘llari diskineziyasining klinik kechishida og‘riq sindromi yetakchi o‘rinni egallab, u ko‘pincha dispeptik va vegetativ buzilishlar bilan birga kechadi. Ultratovush tekshiruvlari o‘t pufagi qisqarish faoliyati, o‘t yo‘llari holati hamda Oddiy sfinkterining funksional faoliyatini baholashda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Tadqiqot davomida bolalarning asosiy qismida giperkinetik va gipokinetik turdagi diskineziyalar, kam hollarda esa Oddiy sfinkterining funksional buzilishi aniqlangan. Olingan natijalar bolalarda o‘t yo‘llari diskineziyasini erta aniqlash, differensial tashxislash va kompleks davolash yondashuvlarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.