Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 5-jild 12-son (2025) · 19–24-betlar
BOLALARDA BIRIKTIRUVCHI TO'QIMA DISPLAZIYASI FONIDA HAZM TIZIMI KLINIK-FUNKSIONAL O'ZGARISHLAR
N.A., Xodjayeva
DOI: 10.5281/zenodo.18035048 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada bolalarda bog‘lam (biriktiruvchi) to‘qima displaziyasi fonida hazm tizimi, xususan, o‘t yo‘llari va o‘t pufagining tug‘ma anatomik anomaliyalari bilan bog‘liq klinik-funksional o‘zgarishlar tahlil qilindi. Tadqiqotda kardiologik shikoyatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan 45 nafar bog‘lam to‘qima displaziyasi aniqlangan bolalar klinik, instrumental va ultratovush tekshiruvlari asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, bemorlarning aksariyatida tashqi fenotipik belgilar, yurakning kichik anatomik anomaliyalari, shuningdek, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarining shakliy o‘zgarishlari aniqlandi. O‘t pufagi diskineziyasi, dizpeptik sindrom, surunkali toshsiz xolecistit va reaktiv gepatit belgilari bolalarda tez-tez uchrashi qayd etildi. Olingan ma’lumotlar bog‘lam to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda hazm tizimi patologiyalarini erta aniqlash va kompleks yondashuv asosida kuzatish muhimligini ko‘rsatadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.