Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 161–163-betlar

SARMISHSOY VA LASKO G‘ORINING TARIXIY AHAMIYATI: QOYATOSH RASMLARINING UMUMBASHARIY TILI

Meliboyeva, Munisabonu

DOI: 10.70413/si-v03-i01-p1-039 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Qoyatosh san’ati tarixdan oldingi inson jamiyatlarining madaniy va ijodiy ifodalarini namoyon etuvchi eng qadimiy san’at shakllaridan biridir. Ushbu asarlar ovchilik amaliyotlari, tabiat bilan o‘zaro munosabatlar, ijtimoiy tuzilmalar va e’tiqod tizimlari haqida beqiyos ma’lumotlarni taqdim etadi. O‘zbekistonning Navoiy viloyatida joylashgan Sarmishsoy vodiysi va Fransiyadagi Lasko g‘ori qadimgi jamoalar hayotini o‘rganishga imkon beruvchi noyob qoyatosh san’ati namunalariga ega. Ushbu maqola mazkur ikki hududning tarixiy ahamiyati, qoyatosh san’atini yaratish uchun qo‘llangan usul va texnikalar, shuningdek, UNESCO tomonidan bu madaniy boyliklarni saqlash borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni batafsil yoritadi.

Sarmishsoy, Lasko, paleolit san’ati, qoyatosh suratlari, UNESCO, ov manzarasi, tabiiy bo‘yoq.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.