Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 134–138-betlar

TALABALIK DAVRIDA KASBIY TAFAKKUR NAMOYON BO‘LISHINING XARAKTERLI XUSUSIYATLARI

Olimova, Fotima

DOI: 10.70413/si-v03-i10-p1-032 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan o‘qitish texnologiyalari asosan kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish va keyinchalik ularni qayta tiklashga qaratilgan.  Auditoriyada o‘quv faoliyatining reproduktiv tabiati ustunlik qiladi. Shuning uchun talabalar kelajakdagi kasbiy faoliyatning ijtimoiy belgilangan qonunlari shaklida fan mazmunini o‘zlashtirish orqali kasbni yegallaydilar va bu yuqori darajadagi professionallikni ta’minlay olmaydi [1]. Ushbu yondashuv bizga faqat rasmiy kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish xususida fikr yuritish imkoniyatini beradi va haqiqiy professional tafakkurning shakllanishini baholashga imkon bermaydi [2]. O‘z navbatida, ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichida talabaning kasbiy tafakkuri shunday sifatlarga ega bo‘lishi kerakki, ular bitiruvchiga olingan bilimlardan foydalangan holda kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini bersin.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.