Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 95–100-betlar
QADIMGI OʻZBEKISTONDA ILK SHAHARSOZLIK VA DAVLATCHILIK TARAQQIYOTINING OʻZARO BOGʻLIQLIK JIHATLARI
Poyonov, Ixtiyor
DOI: 10.5281/zenodo.15245573 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qadimgi Oʻzbekiston hududida ilk shaharlar paydo boʻlishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari hamda boshqaruv tizimining shakllanishi haqida maʼlumotlar beriladi. Shuningdek, antik va oʻrta asrlar davridan boshlab shaharlarning kelib chiqishi toʻgʻrisida dastlabki qarashlar paydo boʻlgan. Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklardagi, yaʼni, dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi davrida urbanizatsiya jarayonlari boshlangan. Dastlab protoshahar, ilk shaharlar shakllanib, vaqt oʻtgan sayin jamiyat va shaharlar tuzilishi murakkablashib borgan. Bu jarayonlar asosan, shaharlarning geografik joylashuviga, ixtisoslashuviga, siyosiy maqomiga va aholining toʻplanishi jarayonlariga bogʻliq holda kechgan.
Shoʻrtoʻqay, Dashtli, Nomozgoʻtepa, Oltintepa, Keleli, Gonur, Toʻgʻoloq, Auchin, Tohirboy–3, Sopolitepa, Jarqoʻton, Janubiy Sugʻd, Markaziy Sugʻd, Kuchuk I, Qizil I, Tilla I, Koʻktepa, Afrosiyob, Erqoʻrgʻon.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.