Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 72–74-betlar

PROBIOTIKLAR VA ULARNING ORGANIZMDAGI BIOLOGIK FAOLLIGI

Doniyorova, Zulayho

DOI: 10.5281/zenodo.15287403 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Probiotiklar – inson organizmida yashovchi, sog’lom kibrobiotning muvozanatini saqlash va rag’batlantirish orqali turli fiziologik jarayonlarni qo’llab – quvvatlaydigan jonli mikroorganizmlardir. Ularning biologik faolligi bir qancha mexanizmlar orqali namoyon bo’ladi: Ichak epitelining himoya to’sig’ini mustahkamlash, bakteriosin va organik kislotalar sintezi orqali patogen mikrofloraning o’sishini bostirish, immun tizimini modulyatsiya qilish va psixobiotik effektlar    orqali markaziy asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Asosiy probiotik mikroorganizmlarga laktobakteriyalar (Lactobavillus), bifidobakteriyalar (Bifidobakteriyalar), propion kislotasi bakteriyalar (Propionibacterium) Streptococcus thermophilus bakteriyasi kiradi. Ko’p probiotiklar (lekin hammasi emas) sut kislotasi bakteriyalari guruhiga kiradi .  Probiotiklar sifatida ko’pincha Lactobacillus va Bifidobacterium avlodining turlari qo’llaniladi, lekin ba’zi spora hosil qiluvchi bakteriyalar, xususan, Bacillus turi, E.coli va xamirturush Clostridum butyricum (Yevropa Ittifoqida oziq – ovqat mahsuloti sifatida ro’yxatga olingan. 2011 -yil holatiga ko’ra, probiotiklarni qabul qilishda kasallikning oldini olish yoki sog’lig’ini yaxshilash uchun hech qanday ilmiy dallil mavjud emas .Bakteriyalarni o’z ichiga olgan og’iz orqali yuboriladigan preparatlar so’lak, me’da xlorid kislotasi, safro , oshqozon osti bezi va ichak sharbatlari tomonidan salbiy ta’sir ko’rsatadi .

Probiotiklar, mikrobiota, immunomodulyatsiya , himoya to’siq funksiyasi, psixobiotik effekt, fermentative metabolitlar, bakteriosinlar, atopik dermatit va genetik modifikatsiya qilingan probiotiklar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.