Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 130–134-betlar
O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O'ZGARISHLAR MAZMUNI VA MOHIYATI
Azimov, Adhamjon, Hasanboyev, Niyozbek
DOI: 10.5281/zenodo.15307656 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqola O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar mazmuni va mohiyatiga bag'ishlangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan so'ng, ijtimoiy sohada olib borilgan islohotlar aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va jamiyatning har bir qatlamini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Maqolada, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy sohadagi farmonlari va qarorlari, xususan, ta'lim, sog'liqni saqlash, gender tengligi, mehnat bozori va ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu islohotlarning mamlakatda jamiyat barqarorligini ta'minlashdagi o'rni, fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdagi ahamiyati hamda kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi. Maqola ijtimoiy sohadagi o'zgarishlarning umumiy ko'rinishini va ularning O'zbekistonning rivojlanishiga qo'shgan hissasini ifodalaydi.
O'zbekiston, ijtimoiy sohada islohotlar, Prezident farmonlari, ijtimoiy himoya, ta'lim tizimi, sog'liqni saqlash, gender tengligi, mehnat bozoridagi islohotlar, yoshlar, ayollar, nogironlar, ijtimoiy barqarorlik, ijtimoiy farovonlik, davlat siyosati, iqtisodiy rivojlanish, O'zbekistonning kelajagi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.