Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 5-jild 12-son (2025) · 111–114-betlar
KUNJUT TARKIBIDAGI BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA ULARNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI
Beknazar, Yusupov
DOI: 10.5281/zenodo.18081944 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada kunjut (Sesamum indicum L.) urug‘larining kimyoviy tarkibi, xususan biologik faol moddalari hamda ularning inson salomatligiga ko‘rsatadigan shifobaxsh ta’siri chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida kunjut tarkibidagi to‘yintirilmagan yog‘ kislotalari, lignanlar (sesamin, sesamolin, sesamol), vitaminlar va mineral moddalar organizmda metabolik jarayonlar, yurak-qon tomir tizimi, suyak to‘qimasi, ovqat hazm qilish va gormonal muvozanatga ta’siri nuqtayi nazaridan yoritilgan. Shuningdek, kunjutning antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va immunomodulyator xususiyatlari ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Olingan tahlillar kunjut va undan tayyorlangan mahsulotlarni sog‘lom ovqatlanish tizimiga kiritish inson salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.