Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 160–164-betlar
MILLIY IQTISODIYOTDA UY XO‘JALIKLARI FAOLLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Bekmuxamedova, Barno
DOI: 10.70413/si-v03-i12-p1-040 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqola milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari faolligini oshirishning nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda uy xo‘jaliklarining iqtisodiy agent sifatidagi roli, ularning daromadlari, iste’moli, jamg‘armalari va investitsiyalari kabi faoliyat turlari tahlil etiladi. Shuningdek, uy xo‘jaliklari faolligiga ta’sir etuvchi asosiy nazariy yondashuvlar, jumladan, ratsional xulq-atvor nazariyasi, inson kapitali nazariyasi va xulqiy iqtisodiyot konsepsiyalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada uy xo‘jaliklari faolligini oshirish orqali milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishish imkoniyatlari va bu borada davlat siyosatining o‘rni muhokama qilinadi. Uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligini baholash mezonlari va uni rag‘batlantirish yo‘llari bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
milliy iqtisodiyot, uy xo‘jaliklari, iqtisodiy faollik, ratsional xulq-atvor, inson kapitali, xulqiy iqtisodiyot, davlat siyosati, iqtisodiy rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.