Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 7–9-betlar
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI BOSHQARISHDA YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN QIYINCHILIKLAR
Xamidov, Shukrullo
DOI: 10.5281/zenodo.14350965 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Raqamlashtirish jarayoni bugungi kunda davlat moliyaviy tizimini tubdan o‘zgartirmoqda. Budjetning shakllanishi, ijrosi va nazorati jarayonlariga raqamli texnologiyalar joriy etilishi orqali samaradorlik ortmoqda, biroq bu jarayon bilan birga bir qator muammolar ham yuzaga kelmoqda. Xususan, raqamli tizimlarning kutilmaganda ishlamay qolishi, axborot xavfsizligi tahdidlari, kadrlar malakasining yetarli emasligi, texnologik tengsizlik, raqamli savodsizlik va huquqiy normativlarning mos emasligi kabi omillar davlat budjetining barqaror boshqaruviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu tezisda raqamlashtirish sharoitida budjet boshqaruvida yuzaga kelayotgan asosiy qiyinchiliklar tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Tezis raqamli boshqaruvda ishtirok etayotgan mutaxassislar, iqtisodchilar hamda moliya sohasi tadqiqotchilari uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
raqamlashtirish, davlat budjeti, moliyaviy boshqaruv, texnologik muammolar, axborot xavfsizligi, raqamli savodxonlik, huquqiy muhit, kadrlar malakasi, iqtisodiy barqarorlik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.