Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 10–12-betlar

SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING IQTISODIYOT SOHASIDA YARATIB BERAYOTGAN IMKONIYATLAR

Primov, Asadulla

DOI: 10.70413/si-v03-i14-p1-003 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Sun’iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar bugungi global iqtisodiyotning ajralmas qismlariga aylangan. Ular iqtisodiy faoliyatni avtomatlashtirish, samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Mazkur tezisda SI va raqamli texnologiyalarning iqtisodiy sohalarga ko‘rsatayotgan ta’siri, xususan ishlab chiqarish, moliya, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tizimlaridagi imkoniyatlari yoritilgan. Dasturiy algoritmlar, ma’lumotlar tahlili, raqamli platformalar va avtomatlashtirilgan tizimlar orqali ish unumdorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, sarmoya oqimining ko‘payishi ham raqamli iqtisodiyotning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Tezisda ushbu o‘zgarishlarning iqtisodiy samaradorlikka qanday ta’sir ko‘rsatayotgani bo‘yicha tahlillar keltiriladi.

sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, iqtisodiy o‘sish, avtomatlashtirish, innovatsiya, ma’lumotlar tahlili, samaradorlik, raqamli iqtisodiyot, texnologik taraqqiyot

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.