Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 25–27-betlar

VIZANTIYA IMPERIYASINING MAXFIY QUROLI: YUNON OLOVI VA ZAMONAVIY INTELLEKTUAL MULK

Ubaydullayev, Shoxruxbek

DOI: 10.5281/zenodo.15349358 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Vizantiya imperiyasining harbiy texnologiyalaridan biri – Yunon olovi misolida sirli ixtiro va uning strategik ahamiyati yoritiladi. Maqola Yunon olovining yaratilish tarixi, uning tarkibi va qo‘llanilishi, shuningdek, uni himoya qilish mexanizmlarini zamonaviy intellektual mulk huquqi, xususan tijorat siri va nohau (know-how) tushunchalari bilan bog‘laydi. Vizantiyaliklarning texnologiyani maxfiy saqlash strategiyasi hozirgi kompaniyalar tomonidan qo‘llanilayotgan yuridik mexanizmlar – maxfiylik shartnomalari, axborotga cheklangan kirish tizimi va jazolash siyosati bilan o‘xshash jihatlarga ega ekani tahlil qilinadi. Bu tarixiy yondashuv bugungi kunda intellektual mulkni boshqarishdagi muhim tamoyillar bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Yunon olovi, Vizantiya imperiyasi, tijorat siri, nohau, intellektual mulk huquqi, harbiy texnologiya, konfidensiallik, maxfiy retsept, tarixiy huquqiy tahlil.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.