Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 4–5-betlar

TURKISTONDA 1916 YIL QO‘ZG‘OLONLARI: SABABLAR, BOSQICHLARI VA TARIXI

Abduqahorov, Anvarjon

DOI: 10.70413/si-v03-i17-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada 1916 yilgi Turkistonda yuzaga kelgan xalq qo‘zg‘olonining yuzaga kelish sabablari, rivojlanish bosqichlari, geografik xususiyatlari, bostirilish jarayonlari va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati, ayniqsa 1916 yil iyunidagi majburiy rekrutchilik farmoni hamda uning mintaqa aholisidagi salbiy reaksiyalari turadi. Maqola avvalo tarixiy manbalar va arxiv hujjatlari, so‘nggi ilmiy tadqiqotlar hamda guvohlik materiallari sintezi asosida yozilgan. Natijada Turkistonda 1916 yilgi qo‘zg‘olonning milliy uyg‘onish harakatidagi o‘rni, mustamlaka zulmiga qarshi kurash tajribalari va hozirgi tarixiy ong shakllanishidagi ahamiyati ochib beriladi.         

Turkiston, qo‘zg‘olonlari, mustamlakachilik siyosati, rekrutchilik, milliy uyg‘onish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.