Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 12–13-betlar

KOREYS TILIDA NEOLAGIZMLAR VA ULARNING QO‘LLANILISH USULLARI

Sagatova, Muhabbat

DOI: 10.70413/si-v03-i18-p1-004 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada koreys tilidagi neolagizmlar (yangi so‘zlar) va ularning tilga kirib kelish, shakllanish hamda qo‘llanilish usullari tahlil qilinadi. Neolagizmlar tilning rivojlanishi, zamonaviy jamiyatdagi yangiliklar, texnologiya va madaniyat o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladi. Maqolada neolagizmlarning asosiy shakllanish yo‘llari – so‘z birikmalari, qisqartmalar, o‘zlashtirish va yangi so‘z yasash jarayonlari o‘rganiladi. Shuningdek, neolagizmlarning kommunikativ muhitda qanday qo‘llanilishi, ularning tilga moslashuvi hamda so‘z boyligini boyitishdagi roli yoritiladi. Tadqiqot natijalari koreys tilining zamonaviy o‘zgarishlarini tushunishda hamda til o‘rgatishda yangi so‘zlarni o‘z vaqtida va samarali qabul qilishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

neolagizm, madaniyat, tilshunoslik, tadqiqot, texnologiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.