Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 36–41-betlar

AGRAR SEKTORDA “AQLLI QIShLOQ XO‘JALIGI” VA “QIShLOQ XO‘JALIGI - 4.0” KONSEPSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Yusupov, Muxiddin

DOI: 10.70413/si-v03-i18-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Keyingi yillarda dunyoda yuz berayotgan global o‘zgarishlar oziq-ovqat xavfsizligiga yondoshuvlarni tubdan o‘zgartirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra еr sharida 820 milliondan ortiq kishi to‘yib ovqatlanmaslikdan qiynalmoqda va bu ko‘rsatkich 2050 yilga borib 2 milliardga еtishi mumkin.  BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib dunyo aholisi 10 milliard kishiga еtishi mumkin va bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligiga yaroqli еrlarning degradatsiyaga uchrashi kuchayayotgan (52 %), qurg‘oqchilik va cho‘llashuv jarayonlari natijasida har yili 12 million gektar еr (har minutda 23 gektar) foydalanishdan chiqib ketayotgan,  ekinlar hosilini yig‘ishtirib olish, tashish, saqlash va iste’molchilarga еtkazib berishdagi nuqsonlar tufayli har yili 1,3 milliard tonna oziq-ovqat mahsulotlari nobud bo‘layotgan bir sharoitda dunyo aholisini еtarli miqdorda va sifatdagi oziq-ovqatlar bilan ta’minlash vazifasini murakkablashtiradi [1].

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.