Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 69–74-betlar
TALABALARGA INGLIZ TILI O‘RGATISHDА MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Inamova, Sayyora
DOI: 10.70413/si-v03-i18-p1-018 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limning ahamiyati, talabalarni mustaqil ishlashga yo‘naltirish usullari va samarali o‘qitish strategiyalari tahlil etilgan. Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish orqali talabalar o‘z bilimlarini chuqurlashtirish, til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish va zamonaviy ta’lim jarayoniga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hamda ushbu maqolada chet tilini o‘rganishda mustaqil taʼlimning roli, uning afzalliklari, mustaqil taʼlim nega kerakligi haqidagi olimlarning fikri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi; chet tillarni o‘qitish va o‘rganishda mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, qonunlar va ularning ahamiyati haqida ham so‘z yuritiladi. Qolaversa, bo‘lajak pedagoglar uchun uchun aynan xorijiy tillarni egallashning ahamiyati, xorijiy tillarni egallashda mustaqil ta’limdan nega foydalanish kerakligi borasidagi bir necha olimlarning qarashlari nazariy jihatdan solishitirilib, tahlil qilinadi. Kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishning ahamiyati, uning mustaqil ta’limdagi tutgan roli haqida mulohazalar beriladi. Natijada talabalar mustaqil ta’lim orqali orttirilgan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, chet tilida hujjatlarni mustaqil tuza olish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Mustaqil ta’lim, ingliz tili, ko‘nikma, interaktiv metodlar, zamonaviy ta’lim, o‘z-o‘zini nazorat qilish, bo‘lajak pedagoglar, tilni bilishning umumyevropa kompetensiyasi, o‘rganish, o’rgatish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.