Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 93–96-betlar
MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH: YO‘L QURILISH TASHKILOTLARI MISOLIDA
Raximov, Dilshodjon
DOI: 10.70413/si-v03-i18-p1-024 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Hozirgi iqtisodiy sharoitda yo‘l qurilish tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda risklarni boshqarish muhim strategik vazifalardan biri sanaladi. Infratuzilma loyihalari ko‘pincha yirik sarmoyalar, uzoq muddatli majburiyatlar va tashqi omillarga yuqori darajada bog‘liq bo‘lib, bu holat moliyaviy risklarni samarali boshqarishni talab qiladi. Tadqiqotda yo‘l qurilish sohasida keng tarqalgan moliyaviy risklar – likvidlik, kredit, foiz stavkalari, valyuta kurslari, inflyatsiya va loyiha kechikishlariga oid xavflar tahlil qilinib, ularni boshqarishning zamonaviy usullari: diversifikatsiya, sug‘urtalash, xedjing, moliyaviy monitoring va raqamli texnologiyalar asosida baholandi. O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot bilan solishtirilib, integratsiyalashgan risk boshqaruvi strategiyasining mavjudligi investitsion loyihalarning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan. Tadqiqot natijalari sohaga aloqador mutaxassislar, moliyaviy menejerlar va infratuzilma rejalashtiruvchilari uchun amaliy tavsiyalar beradi.
Moliyaviy risklar, risklarni boshqarish, yo‘l qurilish tashkilotlari, infratuzilma loyihalari, kredit xavfi, likvidlik, xedjing, moliyaviy barqarorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.