Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 97–100-betlar
YO‘L QURILISH KORXONALARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNING AHAMIYATI
Raximov, Dilshodjon
DOI: 10.70413/si-v03-i18-p1-025 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Yo‘l qurilish sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlashda moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri yuritilishi va tahlil qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy hisobotlar korxona faoliyatining haqiqiy holatini ko‘rsatadi, qaror qabul qiluvchilar uchun ishonchli ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi hamda investorlar va moliyaviy institutlar bilan samarali hamkorlik uchun zamin yaratadi. Mazkur tezisda yo‘l qurilish korxonalarida moliyaviy hisobotlarning vazifalari, asosiy turlari (balans, foyda va zarar hisobi, pul oqimlari hisobi), ularning tahlil qilish metodlari va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi asosida ayrim yo‘l qurilish korxonalarining hisobot yuritishdagi kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqotda tahliliy va solishtirma metodlardan foydalanilib, moliyaviy axborotlarning korxona ichki boshqaruvi, strategik rejalashtirish va davlat nazoratida tutgan o‘rni yoritilgan.
moliyaviy hisobot, yo‘l qurilish korxonalari, balans, foyda va zarar, tahlil, axborot shaffofligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.