Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 104–107-betlar

“DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA KELTIRILGAN O‘RTA OSIYO XALQLARINING URF-ODATLARI VA AN’ANALARI TAHLILI

Ibragimova, Maftuna

DOI: 10.70413/si-v03-i18-p1-027 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu Lug‘otit Turk” asari XI asr turkiy xalqlarining til, madaniyat, urf-odat va an’analarini yorituvchi eng muhim manbalardan biridir. Bu asar nafaqat turkiy tillarning ilk lug‘ati sifatida muhim ahamiyatga ega, balki O‘rta Osiyo xalqlari hayotining turli jabhalarini, ularning ijtimoiy tuzilishi, diniy e’tiqodlari va kundalik turmush tarzini aks ettiruvchi muhim tarixiy hujjatdir. Ushbu tezisda “Devonu Lug‘otit Turk” asarida keltirilgan O‘rta Osiyo xalqlari urf-odatlari va an’analari tahlil qilinadi. Tahlil asosan turkiy xalqlarning ijtimoiy munosabatlari, diniy marosimlari, oilaviy an’analari va adabiy-badiiy tafakkuriga qaratilgan bo‘lib, asardagi misollar va ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.