Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 129–135-betlar
AUDIO MA'LUMOTLARGA RAQAMLI ISHLOV BERISH USULLARINI TAHLIL QILISH
Berdiyev, A.A., Xudayberganov, J.D.
DOI: 10.5281/zenodo.15544878 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Maqolada tovush (audio) signallarini raqamli shaklga aylantirish jarayonlarining matematik modellari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda analog signallarni raqamlashtirish bosqichlari Kotelnikov (Nyquist-Shennon) teoremasi asosida diskretlash, kvantlash va kodlash jarayonlari orqali ko‘rib chiqiladi. Tovush signalining diskretlash chastotasini aniqlashda Nyquist chastotasi tushunchasi asosiy mezon sifatida foydalaniladi. Jarayon davomida yuzaga keladigan asosiy muammo — aliasing (taxallusiy chastotalar) hodisasi va uni bartaraf etish yo‘llari tavsiflanadi. Bundan tashqari, kvantlash jarayonida yuzaga keladigan xatolikning (kvantlash shovqini) matematik ifodasi keltiriladi. Tadqiqot natijalari asosida audio signal sifatini yaxshilash va signallarni qayta ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi. Annotatsiyada olingan natijalar va ularning amaliy ahamiyati ham ta'kidlangan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.