Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 89–90-betlar

OILAVIY MUHITNING MAKTAB O‘QUVCHISI PSIXOLOGIK HOLATIGA TA’SIRI

Soliyeva, Aynura

DOI: 10.70413/si-v03-i19-p1-024 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maktab o‘quvchilari shaxsiy rivojlanishida psixologik holat muhim omil hisoblanadi. Bu holatga bevosita ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri oilaviy muhitdir. Oila — bola hayotidagi birinchi ijtimoiy muhit bo‘lib, undagi munosabatlar, emotsional qo‘llab-quvvatlash, tarbiyaviy yondashuvlar o‘quvchining ruhiy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada oilaviy muhitning maktab o‘quvchisi psixologik holatiga ko‘rsatadigan ta’sir mexanizmlari, ya’ni ota-onalar bilan muloqot sifati, nazorat darajasi, oilaviy iqlim, tarbiya uslublari va oiladagi emotsional barqarorlik darajasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda psixologik barqarorlik, stress, xavotir, o‘z-o‘zini baholash darajasi kabi omillar o‘quvchi shaxsiyatining rivojlanishidagi ahamiyati nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shuningdek, oilaviy nizolar, ota-onalarning e’tiborsizligi, haddan ziyod talabchanlik yoki emotsional befarqlik maktab o‘quvchilarida psixologik muammolarni yuzaga keltirishi mumkinligi amaliy misollar bilan ko‘rsatiladi.

oilaviy muhit, psixologik holat, maktab o‘quvchisi, ota-ona munosabati, stress, xavotir, emotsional barqarorlik, tarbiya uslubi, o‘z-o‘zini baholash

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.