Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 51–54-betlar
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI ANIQLASH
Abduraxmonova, Gulsanam
DOI: 10.70413/si-v03-i20-p1-015 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida iqtidorli o‘quvchilarni erta aniqlash va rivojlantirishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Iqtidor tushunchasining psixologik-pedagogik asoslari, iqtidorli o‘quvchilarning umumiy va maxsus belgilarini aniqlash mezonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqishlari, mustaqil fikrlashi va ijodiy salohiyatini baholashda qo‘llaniladigan diagnostika usullari tahlil qilinadi. Maqolada iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining roli, muhitning ahamiyati hamda zamonaviy texnologiyalar orqali ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari yoritilgan. Har bir bola o‘ziga xos tabiiy imkoniyatlar bilan tug‘iladi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi — bu o‘quvchining qobiliyatlari va iqtidorini aniqlashda eng muhim davr hisoblanadi. Iqtidorli bolalarni erta aniqlash va ularga zarur sharoitlar yaratish ta’lim sifatini oshirish va kelajakda ijtimoiy rivojlangan shaxslarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtidor, boshlang‘ich ta’lim, aniqlash mezonlari, diagnostika, pedagogik yondashuv, ijodkorlik, individual yondashuv, o‘quvchi salohiyati
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.