Наука и инновации 3-jild vation-son (2025) · 136–138-betlar

SINKRETIZM HODISASI TADQIQI XUSUSIDA

Jo‘raboyeva, G., Nosirova, F.

DOI: 10.5281/zenodo.15662718 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O`zbek tili morfologik jihatdan agglutinativ til boʻlganligi uchun undagi har bir grammatik maʼno ayrim morfemalar bilan ifodalanadi. Biroq ba’zi hollarda ma’lum grammatik formalarda bu qonuniyatga bo`ysunmaslik kuzatiladi. Ya’ni bir grammatik formada ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no birlashib, ma’no sinkretizmi yuzaga chiqadi. Sinkretizm soʻzi yunoncha synkretismus – “birlashish”, “bogʻlanish” degan ma’nolarni anglatadi. Lingvistik atama sifatida sinkretizm birinchi marta L.Yelmslev tomonidan taklif qilingan. Uning asarida sinkretizm tushunchasi tilning umumiy mulki sifatida keltirilgan. Bir guruh olimlar sinkretizning paydo bo`lishini “tilning tarixiy taraqqiyoti davomida funksional jihatdan turli kategoriya va shakllarning bir shaklga mos kelib qolishi” deb izohlaydilar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.